Guli Asalxo’jayeva — Toy bolam



Скачать
Слушать


Автор
  • Guli Asalxo’jayeva
  • Жанр
    Битрейт 128 кбит/с
    Размер 4,564 МБ
    Кол-во скачиваний 0


     

    Guli Asalxo’jayeva — Toy bolam — текст песни

     

     

    Oftob nur suzib berdi
    Bahor gul uzib berdi
    Suyunchi beray keling
    Bugun o’g’lim o’g’illik bo’ldi
    Toychoq bolam toy bolam
    Polvon bolam boy bolam
    Tandirdagi shirin kulchadek
    Issiqqina yoqimtoy bolam
    Allohimda so’rganima
    Intizor bo’lganima
    Xush kelibsan o’zimni toy bolam
    O’pay shirin yuzlaringdan
    Tutay mitti qo’llaringdan
    Xush kelibsan erkatoy bolam

     

    Bo’y qo’shilib bo’yiga
    Bug’doy to’lsin uyiga
    Shukur yetkazdi bizni
    Yana beshik to’yiga
    Buvisining qaymog’i
    Bobosining do’mbog’i
    Xush kelibsan Xush ko’rdik
    Uyimizning chirog’i

     

    Hech bir ne’mat bosolmas
    Shirin Farzand o’rnini
    Dunyodagi har bir qiz
    Ona bo’lsin bir kuni
    Allohimda so’rganima
    Intizor bo’lganima
    Xush kelibsan o’zimni toy bolam
    O’pay shirin yuzlaringdan
    Tutay mitti qo’llaringdan
    Xush kelibsan erkatoy bolam

     

    Поделиться в соц. сетях




    Другие песни этого автора:




    Похожие песни:


    Добавить комментарий

    Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

    ➤