Shohrux (Ummon) — Kerakman



Скачать
Слушать


Автор
  • Shohrux
  • Жанр
    Битрейт 128 кбит/с
    Размер 6,530 МБ
    Кол-во скачиваний 49


     

     

    Shohrux (Ummon) — Kerakman | Шохрух (Уммон) — Керакман — текст песни

     

     

    Nega endi dunyoda o’zgarsa insonlar
    Sevgidan so’z ochib, izhorida yolg’onlar?
    Kapalakdek baxtni izlab kimlarnidir qo’ynida
    Men esa izlab uni, yuribman sarsona yana
    Qo’ng’irog’ing kutaman aytgin qaylardasan?
    Yana ko’chani kezib sani izlab daydiyman
    Shaharga kirgan uyqu, ko’z oldim hali qorong’u
    Tinch bermas gumonlar yuzimda g’azab va qayg’u
    Balki o’sha 31 raqamingni oldida
    Turibsan sohibjamolim o’zganing bag’rida
    Aytganingdek balki manda soxta dunyo

     
    Aralashar qo’shiqlarim bilan sarobdek go’yo
    Ketishga tayyor eding man bilan dunyoning chetiga
    Orzularga ketting ko’nglingdagi inson bilan
    Yuzimga bosding oyoq, yurakga botdi xanjar
    Ko’ngil ham qoldi qilmishlaringni ichida
    Ha mayli, mayli sanga kerak emasdir o’zga
    Ha mayli, mayli yolg’on so’zlaring qarab ko’zga
    Ayt nega? Ayt nega?

     

    Ko’zlaring yoshga to’lganida nega?
    Kerakman, sog’ingdanda qalbing yana san uchun
    Kerakman, so’nganida qadring o’zgalar uchun
    Kerakman, nega ko’zlaringda yosh bo’lganida faqat?
    Kerakman, tunlari mahzunlikda yetganida bu fursat
    Kech bo’lganda kerakmas!
    Ko’zga ko’rinmaydi o’zga, ko’zlarim izlaydi sani
    Keraksan shu sababdan shaharga chiqdim daydib
    Hayolga keladi savol: «Lablaring kimga berar bo’sa?»
    Barchasi qoldi birga edik hozir esa yo’q!
    Kimni quchasan? Ayt, kimni quchasan hozir?
    Bilaman, lek ertaga kelasan yana baribir
    Lek, hozir bergim keladi savol:
    «Bergan va’dalar hazilmidi?»
    Afsusdasan ko’zingda yosh raqamim terib
    Aytgan eding: «Niqoblardan yana charchadim!»
    Man esa anglaganman bu safargi sur’atlardan
    San charchagan niqoblar yuzingda ekan

     
    Ko’p insonlar bag’ridasan ochilgan avrat
    Yirtilid, yechildi or-nomus, bu iffat
    Kutgandim mana yana qilding qo’ng’iroq
    Qiziqtirar savol: «Ne istarsan ey malak?»
    Kerakman, sog’ingdanda qalbing yana san uchun
    Kerakman, so’nganida qadring o’zgalar uchun
    Kerakman, nega ko’zlaringda yosh bo’lganida faqat?
    Kerakman, tunlari mahzunlikda yetganida bu fursat

     

    Kech bo’lganda kerakmas!
    Kerakman, sog’ingdanda qalbing yana san uchun
    Kerakman, so’nganida qadring o’zgalar uchun
    Kerakman, nega ko’zlaringda yosh bo’lganida faqat?
    Kerakman, tunlari mahzunlikda yetganida bu fursat
    Kech bo’lganda kerakmas!

     

     

    Поделиться в соц. сетях




    Другие песни этого автора:




    Похожие песни:


    Добавить комментарий

    Ваш адрес email не будет опубликован.